Maʼlumotga koʻra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi:

  • PM10 mayda dispersli zarrachalarning miqdori 215 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan meʼyorlardan (REM) (300 mkg/m3) oshmadi;
  • PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 153 mkg/m3 ni tashkil etdi, ruxsat etilgan meʼyorlardan (60 mkg/m3) 2.5-marta oshgan.

Taʼkidlash joiz, koʻrsatkichlarning oshishiga harorat oʻzgarishi ham sabab boʻlgan. Haroratning keskin oʻzgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bu esa mayda zarrachalarning toʻplanishiga va atmosfera havosidagi kontsentratsiyasining oshishiga olib keladi.