"O‘z navbatida, fuqarolarimizdan mazkur o‘quv mashqlarining amaliy jarayonlariga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud maʼlumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qolamiz", deya taʼkidlanadi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati eʼlonida.

Mazkur o‘quv mashqlarini tashkil qilishdan maqsad – FVDT rahbarlar tarkibi kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga oid tayyorgarlik darajasini oshirish, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarning samaradorligini oshirishdan iborat.