Bu imkoniyatdan o'tgan 70 kunda foydalangan fuqarorlar Toshkent shahridan 12 799 ta, Toshkent viloyatidan esa 2 052 ta uy-joy oldi-sotdi bitimlarini notarial idoralarda rasmiylashtirishdi.

Qayd etish kerakki, notarial idoralar tomonidan ushbu davrda bu hududlarda jami rasmiylashtirilgan uy-joy oldi-sotdi bitimlarining deyarli 70 foizini aynan, propiskasi boshqa hududlarda bo'lgan fuqarolar ishtirokidagi bitimlarga to'g'ri keladi.

20 yildan ortiq amalda bo'lgan, Toshkentdan uy sotib olishdagi to'siqlarning olib tashlanishi fuqarolarning uy-joyga ega bo'lishida yuzaga kelgan turli muammolarini ham barham topishiga xizmat qildi. 

Xususan, ko'plab fuqarolar uyni Toshkentda propiskasi bo'lgan tanishi nomiga rasmiylashtirib, keyin “o'z uyida ijarachi” bo'lib yashashga majbur bo'lganligi ham sir emas. Farmon qabul qilinishi bilan yaratilgan imkoniyatdan birinchi navbatda shunday fuqarolar foydalanib, uylarini o'z nomiga rasmiylashtirishdi.

SHubhasiz, qabul qilingan Farmon fuqarolarimizning erkin ko'chib yurish va uy-joyga ega bo'lish kabi muhim huquqlari kafolatini ta'minlashda tub burilish yasadi.

Adliya vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi