Tekshiruvlarga koʻra, Toshkent viloyati hokimligi boshqarmasi xodimi, Toshkentdagi notarius yordamchisi, rieltor va yana bir shaxs oʻzaro til biriktirib, tadbirkorni aldashga uringan. Ularning rejasiga koʻra, Chirchiqdagi MCHJga tegishli 8,5 gektar yer maydonini 6 mln 800 ming dollarga sotish, Qurilish uchun ruxsat, kommunikatsiya (gaz, elektr, oqova) chiqarib berish evaziga yana 500 ming dollar talab qilishgan. Jami 7 mln 300 ming dollar.
DXX, IIV va Departament xodimlari oʻtkazgan tezkor chora-tadbirda guruh aʼzolari 160 ming dollarni olgan vaqtda qoʻlga olindi. Tergov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan olib borilmoqda.
Yana bir holatda — 1986-yilda tugʻilgan shaxs Yashnobod tumanidagi 80 m² yer maydonini 49-yilga “E-auksion” orqali ijaraga olgan. Qurilish kechikkani uchun hokimlik shartnomani bekor qildirish boʻyicha sudga murojaat qilgan, ammo tadbirkor hujjatlar taqdim etgach, sud unga foydasiga qaror chiqargan.
Sud jarayonida ishtirok etgan tuman hokimligi bosh yuriskonsulti esa qaror ustidan shikoyat berilmasligi uchun tadbirkordan 5 ming dollar talab qilgan.
DXXning Bishkek shahar boshqarmasi va Departament hamkorlikda oʻtkazgan operatsiyada yuriskonsult 4 ming dollarni olgan paytda ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan ish ochilgan va qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.