Kuni kecha Toshkent shahrida ekstremistik radikal guruhlarga qoʻshilgan fuqarolarning xonadonlarida 45 ta tintuv tergov harakatlari oʻtkazilgan. Gumondor shaxslar qoʻlga olinmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 3 oyi davomida diniy ekstremizm va terrorizm bilan bogʻliq holatlar yuzasidan 50 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, 188 ta huquqbuzarlik yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 264 nafar shaxslarga nisbatan nisbatan qonuniy choralar koʻrilgan.
«Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli radikal guruhlarga aʼzo boʻlishdan saqlaning va ularning yot gʻoyalarini targʻib qilmang. Farzandlaringiz ijtimoiy tarmoqlarda qaysi guruhlarga aʼzo boʻlayotganligini, qanday mazmundagi video va boshqa materiallarni koʻrayotganligini doimo nazorat qilib boring.
Agar mahallangizda shu kabi yot gʻoyalar taʼsiriga tushgan yoki boshqa shubhali shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz darhol 102 raqamiga yoki hududiy profilaktika inspektori yoxud yaqin oradagi IIB ga murojaat qilishingizni soʻraymiz», deyiladi xabarda.