39-sonli “3-metro bekati – Qoʻyliq bozori” yangi avtobus yoʻnalishi tashkil etilmoqda. Yoʻnalish harakati toʻgʻri yoʻnalishda “3-metro bekati”dan Beshariq, Izzat, Moʻynoq, Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali “Qoʻyliq bozori” bekatiga qadar, qaytish yoʻnalishida “Qoʻyliq bozori” bekatidan Fargʻona yoʻli, Moʻynoq, Izzat, Beshariq koʻchalari orqali “3-metro bekati”ga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Yoʻnalishdagi jadvallar soni “Isuzu” rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 4 ta, shanba kunlariga 3 ta, va yakshanba kunlariga 2 ta etib belgilangan.

112-sonli “Qipchoq transport oʻtish bogʻlamasi – Qoʻyliq dehqon bozori” yangi avtobus yoʻnalishi harakati tashkil etilmoqda. Yoʻnalish harakati toʻgʻri yoʻnalishda “Qipchoq transport oʻtish bogʻlamasi” bekatidan Davlatbod, Lutfikor, Yangi Sergeli yoʻli, Qipchoq, Xonobod, Ilgʻor 5-tor, Yangihayot, Xonariq, X.Joʻrayev, THAY koʻchalari orqali “Qoʻyliq dehqon bozori” bekatiga qadar, qaytish yoʻnalishida “Qoʻyliq dehqon bozori” bekatidan THAY, X.Joʻrayev, Xonariq, Yangi hayot, Ilgʻor 5-tor, Xonobod, Qipchoq, Yangi Sergeli yoʻli, Lutfikor, Davlatobod, Qipchoq koʻchalari orqali “Qipchoq transport oʻtish bogʻlamasi” bekatiga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Yoʻnalishdagi jadvallar soni “Isuzu” rusumli avtobuslar asosida ish va shanba kunlariga 4 ta, va yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilangan.

133-sonli “Gulzor mahallasi – Qipchoq transport oʻtish bogʻlamasi” yangi avtobus yoʻnalishi harakati tashkil etilmoqda. Yoʻnalish harakati toʻgʻri yoʻnalishda “Gulzor mahallasi”dan 4R21 Toshkent aylanma yoʻli, Qirariq, Chortoq, Qanora, Davlatobod, Magʻrib, Birodarlik, Qoʻrgʻontepa, Qipchoq koʻchalari orqali “Qipchoq transport oʻtish bogʻlamasi” bekatiga qadar, qaytish yoʻnalishida “Qipchoq transport oʻtish bogʻlamasi” bekatidan Qipchoq, Qoʻrgʻontepa, Birodarlik, Davlatobod, Magʻrib, Qanora, Chortoq, Qirariq, 4R21 Toshkent aylanma yoʻli koʻchalari orqali “Gulzor mahallasi”ga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Yoʻnalishdagi jadvallar soni “Isuzu” rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 5 ta, shanba kunlariga 4 ta, va yakshanba kunlariga 3 ta etib belgilangan.

137-sonli “Mahalliy havo yoʻllari Aeroporti-3 – Elektroapparat ICHB” yangi avtobus yoʻnalishi harakati tashkil etilmoqda. Yoʻnalish harakati toʻgʻri yoʻnalishda “Mahalliy havo yoʻllari Aeroporti-3” bekatidan THAY, Qoʻshqoʻrgʻon, Qoʻshqoʻrgʻon 2-tor, Yangi Qoʻyliq, Fayzobod 1-tor, Beshkent, Eski Otchopar, Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali “Elektroapparat ICHB” bekatiga qadar, qaytish yoʻnalishida “Elektroapparat ICHB” bekatidan Fargʻona yoʻli, Eski Otchopar, Beshkent, Fayzobod 1-tor, Yangi Qoʻyliq, Qoʻshqoʻrgʻon 2-tor, Qoʻshqoʻrgʻon, THAY, Qumariq koʻchalari orqali “Mahalliy havo yoʻllari Aeroporti-3” bekatiga qadar soat 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Yoʻnalishdagi jadvallar soni “Isuzu” rusumli avtobuslar asosida ish kunlariga 4 ta, shanba kunlariga 3 ta, va yakshanba kunlariga 2 ta etib belgilangan.

  •