Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB bayonot berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Yangihayot tumanining “Yangi Choshtepa” mahallasi hududida 2001-yilda tugʻilgan N.K. voyaga yetmagan farzandini yettinchi qavatdagi uyining derazasidan chiqarib, ushbu holatni telefon orqali tasvirga olgan va videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Hozirda fuqaroning ruhiy holatini aniqlash maqsadida u ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga yuborilgan. Voyaga yetmagan bolaga zarar yetmagani, u yaqin qarindoshi qaramogʻiga topshirilgani maʼlum qilindi.

Holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlariga koʻra qonuniy qaror qabul qilinishi bildirildi.