O‘rganishlar natijasida videoda aks etgan holat Yunusobod tumanidagi “Akbarobod” mahallasi, 3-mavzesi hududida yuz bergani aniqlangan. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu daraxtlar tabiiy omillar ta’siri oqibatida zararlanib, qurib qolgani hamda hozirgi ob-havo sharoitida aholining hayoti va mol-mulkiga jiddiy ziyon yetkazishi aniqlangan. Potensial xavfning oldini olish maqsadida daraxtlar tuman ekologik nazorat inspeksiyasi mutasaddi xodimlarining nazorati ostida kesilgan.

Shuningdek, bu bo‘yicha tegishli ruxsatnoma shakllantirilgani ham aytilgan.