Toshkent shahrida bir oyda uylarni ijaraga berish 51,6 foiz oshgan

    2022-yilning oktyabr oyida uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari sentyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 16,1 foizga oshgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bunda eng yuqori oʻsish Toshkent shahrida 51,6 foiz qayd etilgan boʻlsa, eng past oʻsish Xorazm viloyatida 1 foizni tashkil qildi.

    Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 20,9 foizga oshgani kuzatilgan.

    Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yaʼni yillik nisbatda oʻrtacha 24,2 foizga koʻtirilgan.