Loyiha Prezidentning “Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017-yil 19-maydagi PQ-2979-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda, deb yozmoqda norma.uz
Tasdiqlangan TIAga asosan loyihaning umumiy qiymati $354,36 mln ni tashkil etadi, shu jumladan:
- Davlat byudjeti mablagʻlari - $208,398 mln;
- Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti - $108, 390 mln;
- Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki krediti - $500 mln;
- davlat ulushi - $37, 076 mln.
Loyihani amalga oshirish uchun kapital qoʻyilmalar qiymati $317,288 mln ni tashkil etadi, ular mashina va uskunalar hamda qurilish-montaj ishlarini xarid qilishga yoʻnaltiriladi.
XXRning Eksimbanki krediti 20 yil muddatga besh yillik imtiyozli davr bilan taqdim etilgan. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi krediti 15 yil muddatga toʻrt yillik imtiyozli davr bilan taqdim etilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 27.11.2021-yildan kuchga kirdi.