Genetik kasalliklarga qarshi kurash masalasi muhokama etildi

    Salomatlik 25 Noyabr 2022 2193

    Toshkent shahrida «Genetik kasalliklarni tashxislash va davolashda zamonaviy texnologiyalar» mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

    Anjumanda Fransiya, Serbiya, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina, Rossiya, Qozogʻiston, Belarus kabi davlatlardan yetakchi genetik olimlar, neyrogenetiklar, nevrologlar, pediatrlar maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

    JSST maʼlumotlariga koʻra, dunyoda genetik kasalliklar 1 000 nafar aholi soniga nisbatan 3,0-3,5 nafarni tashkil etadi. Oʻzbekistonda esa bu koʻrsatkich 2,5 nafarga toʻgʻri kelayotgani bu masalaning biz uchun ham naqadar dolzarbligini koʻrsatadi.

    Tadbirda yurtimizda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilayotgani taʼkidlandi.

    Bu boradagi ishlar samaradorligini taʼminlash mexanizmlarini muhokama qilish anjumanning asosiy vazifasi etib belgilandi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.