Toshkent shahrida “Ichki turizm yarmarkasi” oʻtkazildi

    Turizm 30 Avgust 2024 828

    Toshkent shahridagi “Suzuk ota” majmuasida keng qamrovli yarmarka tashkil etildi.

    Tadbirdan koʻzlangan maqsad — ichki turizm yoʻnalishidagi turoperatorlar mahsulotlarini sayyohlarga taqdim etish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, ziyorat va tibbiy turizmini rivojlantirishdir.

    Mazkur yarmarkada yurtimizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari, kasaba uyushmalar, turizm sohasidagi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim muassasalari, tijorat bank va sugʻurta kompaniyalari va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirok etib, oʻz mahsulotlari taqdimotlarini oʻtkazdilar.

    Ichki turizm yoʻnalishida faoliyat yurituvchi korxona, tashkilotlar hamkorligida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “tadbirkor bilan mijoz” (B2) mexanizmlari asosida uchrashuvlar tashkillashtirilib, shartnoma va kelishuvlar imzolandi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.