Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etildi.

Filialda geologiya bo'yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yo'nalishida tadqiqotlar o'tkaziladi va ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.

Filialda ta'lim 2022/2023 o'quv yilidan kunduzgi shaklda o'zbek, ingliz va rus tillarida kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga Piza universiteti diplomi beriladi.

Qabul paramertlari mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.