Bugun, 12-yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumani “Xonobod tepa” MFY Qipchoq koʻchasidan oqib oʻtuvchi “Qipchoq” kanaliga “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, tushib ketdi.
Shu haqdagi xabar tuman FV xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga 1 ta qutqaruv ekipaji yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.