Toshkent shahrida O‘zbekiston Ikkinchi xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tadi

    Energetika 10 May 2023 1226

    2023 yil 18-20-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Ikkinchi xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tadi.

    Forum doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

    — «O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023» 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi;

    — «Energetika, energiyani tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2023» 16-xalqaro ko‘rgazmasi;

    — «Yashil energetika texnologiyalari – GETCA 2023» ixtisoslashtirilgan bo‘limi;

    — 3-Xalqaro O‘zbekiston Energetika anjumani.

    Forum O‘zbekiston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ko‘magida Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkorlari – ICA Eurasia Group va Congresses of Central Asia – CCA tomonidan tashkil etiladi.

    Forum tadbirlari an’anaviy tarzda ilg‘or texnologiya va uskunalar bilan tanishish, ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yyish, mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida tajriba almashish orqali soha rivojiga xizmat qilyapti.

    Anjumanlar doirasida xorijiy va mahalliy kompaniyalar, xalqaro ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirokida sohaga oid dolzarb mavzularni muhokama qilish rejalashtirilgan.

    Ko‘rgazma stendlarida zamonaviy asbob-uskunalar, sanoat materiallari, xomashyo va xizmatlar, jumladan, lokalizatsiyaga mo‘ljallangan namunalar namoyish etiladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.