Xususan:
- sanoat zonalari va yirik korxonalarda quyosh panellari oʻrnatish orqali 400 million kilovatt soat elektr chiqarish boʻyicha loyihalarni boshlash;
- ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida quyosh panellarini oʻrnatish hisobiga 75 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarishni taʼminlash;
- Yuqorichirchiq tumanida 500 megavattli yirik quyosh elektr stansiyasini qurish;
- poytaxtdagi sanoat korxonalarida elektr yoʻqotishlarini 1 foizga kamaytirish va energiya samaradorligini 3 foizga oshirish;
- 1 ming 817 ta koʻp qavatli uylarning ichki isitish tizimini toʻliq yangilash;
- 300 kilometr magistral issiqlik tarmoqlarini yangilab, yoʻqotishlarni 5 foizga kamaytirish.
Umuman, shaharda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yoʻnaltiriladi.