Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmatining xabar bernishicha, poytaxtda jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga qoʻshimcha 12 ta avtobus yoʻnalishlari ochilib metropoliten yoʻnalishlari bilan bogʻlanadi.
Ulardan ilk avtobus yoʻnalish harakati joriy yilning iyul oyidan yoʻlga qoʻyilib, Yunusobod tumanining jamoat transporti yetib bormagan Tiklanish, Hasanboy va Hamkorobod mahallalari orqali Holis, Nurmakon, Yuqori Qoraqamish, Moyqoʻrgʻon, Axmad Donish koʻchalaridan Yunusobod metrosigacha harakatlanadi.
Yangi tashkil etiladigan yoʻnalishda 3 ta avtobuslar harakatlanib, ularning oraliq intervali 12-13 daqiqani tashkil etadi.