Taʼkidlanishicha, tadbir davomida 40 ta saʼva, 15 ta toshbaqa va 10 ta tipratikan noqonuniy tarzda sotilayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga ogohlantirish berildi. Shuningdek, qushlar tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilib, toshbaqa va tipratikanlar hayvonot bog‘iga qaytarildi.
Qushlar yoki hayvonlarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganlik qonunda qatʼiy javobgarlik belgilangan. Yaʼni bunday huquqbuzarlik MJtKning 90-moddasi 1-qismiga ko‘ra BHMning 10-15 barobari miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi.
"Yuqoridagi kabi noqonuniy holatlarga duch kelsangiz, Tabiat resurslari vazirligining 11-57 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!", deyiladi xabarda.