Toshkent shahrida raqamli kripto valyuta savdosi bilan noqonuniy shugʻullanib kelayotgan shaxslar ushlandi

    Xavfsizlik 5 Mart 2021 680

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan DXX bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, fuqaro D.K. “R.” ismli shaxs bilan oldindan til biriktirib, raqamli kripto valyuta savdosi bilan noqonuniy shugʻullanib, 1V (bitkoin) elektron pul birligini 49 670 AQSH dollariga baholab, 0,45 (bitkoin) elektron pul birligiga oʻzining 5 foiz ustama foydasini qoʻshib hisoblab 0,45 (bitkoin) elektron pul birligini kelishilgan “elektron hamyon”ga oʻtkazib berib, evaziga xaridordan 23 400 AQSH dollari va 800 ming soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan D.K. va “R.” ismli shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) va 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.