Toshkent shahrida Shosh Palace mehmonxonasi oʻz faoliyatini boshladi

    Turizm 6 Iyul 2020 986

    Shosh Palace – zamonaviy uslubda qurilgan mehmonxona boʻlib, shu yilning iyun oyidan boshlab shahrimiz mehmonlariga sifatli va qulay xizmat koʻrsatishni boshladi.

    Shosh Palace mehmonxonasining yana bir afzalligi, velosiped ijarasi, bogʻ va ochiq suzish havzasi mavjud. Bu esa mehmonxonaga tashrif buyurayotgan mehmonlarga qoʻshimcha qulaylik yaratadi.

    Mehmonxona jami 8 ta xonadan iborat boʻlib, 18 ta mehmonga xizmat koʻrsata oladi. Mehmonxona, shuningdek, mehmonlar uchun bepul Wi-Fi avjud. Taʼkidlab oʻtish kerakki, mehmonxonaga tashrif buyuruvchi mehmonlar nonushta vaqtida “Shved stoli” yoki “Kontinental” nonushtadan bahramand boʻlishlari mumkin.