Fuqaro G.N. buncha pul topolmagach, “Tohir” va “Gulmira” unga yashash xonadonini sotib, pullarni berishlarini talab qiladilar.

U esa ushbu xonadon ularga koʻp bolali oila boʻlishganligi uchun Prezident sovgʻasi sifatida berilganligini, uyning kadastr hujjatlari hali rasmiylashtirilmaganligini aytadi.

Bundan foydalangan “Tohir” va “Gulmira” firibgarlik yoʻli bilan moʻmay daromadni qoʻlga kiritish maqsadida til biriktirib, unga uy uchun kadastr hujjatini tayyorlab berishlarini aytishadi.

Soʻngra uyning kadastr hujjatini 10.000 AQSH dollari evaziga Mirobod tumani hokimiyatidagi tanishlari orqali rasmiylashtirilganligini aytib, ushbu pullarni ham qoʻshib, jami 27.300 AQSH dollarini berishini talab qiladilar.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqarolar U.T. va A.G.lar Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli koʻchasidagi “Yalpiz” nomli kafeda ariza muallifi G.N.dan 27.300 AQSH dollarini olib, unga soxta kadastr hujjatini berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.

Koʻrilgan choralar natijasida U.T. ushbu qalbaki hujjatni oʻziga tegishli noutbukda yasaganligi aniqlanib, noutbuk ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi IJQK Departamenti Yakkasaroy tumani boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi, 28,211-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi

Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga

qarshi kurashish boshqarmasi