Qayd etilishicha, tahlillarga koʻra, mazkur davrda poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlari dekabr oyiga nisbatan 0,1 foizga, toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga arzonlashdi.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi. 2024-yilning yanvar oyida oʻrtacha taʼmirlangan 1 xonali va 2 xonali xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxi dekabr oyiga nisbatan mos ravishda 0,3 foiz va 0,4 foizga pasaygan boʻlsa, 3 xonali va 4 xonali xonadonlar uchun mos ravishda 0,1 foizga va 0,3 foizga koʻtarilgan.
Oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
— Sergeli tumani (1 xonali — 297 AQSH dollari, 2 xonali – 355 AQSH dollari, 3 xonali – 415 AQSH dollari, 4 xonali — 419 AQSH dollari);
— Olmazor tumani (1 xonali – 293 AQSH dollari, 2 xonali – 352 AQSH dollari, 3 xonali – 419 AQSH dollari, 4 xonali – 493 AQSH dollari).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
— Mirobod tumani (1 xonali – 344 AQSH dollari, 2 xonali – 512 AQSH dollari, 3 xonali – 643 AQSH dollari, 4 xonali – 705 AQSH dollari);
— Yakkasaroy tumani (1 xonali – 383 AQSH dollari, 2 xonali – 487 AQSH dollari, 3 xonali – 677 AQSH dollari, 4 xonali – 722 AQSH dollari).
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda toʻliq taʼmirlangan 1 va 3 xonali xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxi 0,5 foizga, 2 xonalilar uchun 0,7 foizga pasaygan boʻlsa, 4 xonali xonadonlar uchun 0,5 foizga oshgan.
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
— Sergeli tumani (1 xonali – 321 AQSH dollari, 2 xonali – 417 AQSH dollari, 3 xonali – 513 AQSH dollari, 4 xonali – 641 AQSH dollari);
— Uchtepa tumani (1 xonali – 386 AQSH dollari, 2 xonali – 450 AQSH dollari, 3 xonali – 534 AQSH dollari, 4 xonali – 624 AQSH dollari).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
— Mirobod tumani (1 xonali – 485 AQSH dollari, 2 xonali – 731 AQSH dollari, 3 xonali – 1027 AQSH dollari, 4 xonali – 1328 AQSH dollari);
— Shayxontohur tumani (1 xonali – 521 AQSH dollari, 2 xonali – 732 AQSH dollari, 3 xonali – 1093 AQSH dollari, 4 xonali – 1381 AQSH dollari).
Ijara narxlari olx.uz platformasidan veb-skreping (web scraping) orqali olingan ochiq maʼlumotlar asosida tahlil qilindi. Bunda 2024-yilning dekabr oyi uchun 35,3 mingta va 2025-yilning yanvar oyi uchun 35,7 mingta maʼlumotdan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastki 5 foizlik kvantillari chiqarib tashlanganidan keyin amalga oshirildi.








