Toshkent shahridagi 4 ta maktabga sanʼat dargʻalari nomi berildi

    Madaniyat 4 Oktabr 2021 1246

    Oʻzbek milliy kino sanʼatini rivojlantirish, sanʼatga umri baxshida boʻlgan ijodkorlarni sharaflash va nomini abadiylashtirish yoʻnalishida tizimli ishlar qilinmoqda.

    Shu kunlarda poytaxtimizda oʻtkazilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivali va unga tayyorgarlik yuzasidan olib borilgan ishlar fikrimizga tasdiq boʻla oladi.

    Shunday tadbirlardan yana biri poytaxtimizdagi 4 ta umumtaʼlim maktabiga milliy kino sanʼati namoyondalari nomining berilishi boʻldi.

    Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qaroriga koʻra, Yunusobod tumanidagi 96-sonli umumtaʼlim maktabiga Nabi Gʻaniyev, Chilonzor tumanidagi 138-sonli umumtaʼlim maktabiga Yoʻldosh Aʼzamov, Shayxontohur tumanidagi 169-sonli umumtaʼlim maktabiga Komil Yormatov, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 222-sonli umumtaʼlim maktabiga Shukur Burxonov nomi berildi.