Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida namunaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini tashkil etish to'g'risida”gi qarori muhokamaga qo'yildi, deb yozilmoqda rasmiy manbada.
Unda shahar aholisi va unga tashrif buyuruvchi mehmonlarga qulayliklar yaratish maqsadida bekatlarni namunaviy loyiha asosida tashkil etish taklif etilmoqda.
Ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida Toshkent shahridagi 280 ta avtobus bekatlari 2022-yil yakuniga qadar elektron onlayn auksion savdolariga joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.
2022-yil 1-sentyabrga qadar savdo va maishiy xizmat ko'rsatish obyektlari mavjud bo'lgan amaldagi avtobus bekatlarida yo'lovchilar, shu jumladan, aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish choralari ko'rilishi ham belgilangan.
Qaror bilan "Avtobus bekatlari joylashtiriladigan er maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga ijara huquqi asosida vaqtinchalik foydalanishga berish to'g'risida"gi nizom ham tasdiqlanadi.