Toshkent shahridagi ayrim avtobus yoʻnalishlari oʻzgartirildi

    Transport 27 Oktabr 2022 2291

    “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik Jamiyatining xabar berishicha, bugun, 27-oktyabrdan boshlab ayrim avtobus yoʻnalishlari oʻzgartirildi.

    Mazkur oʻzgarishlar yoʻnalishlar tarmogʻini maqbullashtirish, yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida kiritilgan. Jumladan:

    142-sonli “Tiklanish mahallasi – Katta Xasanboy mahallasi” avtobus yoʻnalishining harakati Tiklanish koʻchasidagi soʻnggi bekati 472 va 473-uylar qarshisidagi manzilgacha qisqartiriladi;

    31-sonli “Qoraqamish 2/4 mavzesi – Chinni bozori bekati” “Onlayn-GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yoʻnalishining harakati Qoraqamish 4-koʻchasi boʻylab “Nihol mahallasi”ga bormagan holda “Qoraqamish 2/4 mavzesi”gacha qisqartiriladi;

    87-sonli “Qoraqamish 2/4 mavzesi – Chinni bozori bekati” “Onlayn-GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yoʻnalishining toʻgʻri yoʻnalishdagi harakati Beruniy koʻchasidan Farobiy, Mirzo Gʻolib, Qamarniso, Talabalar koʻchalari orqali va keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda bir tomonlama tashkil etilib, qaytish yoʻnalishdagi harakati oʻzgarishsiz qoldiriladi;

    125-sonli “Oʻrikzor mavzesi – Doʻmbirobod koʻchasi bekati” “onlayn-GPS” masofaviy nazorat tartibida faoliyat yurituvchi avtobus yoʻnalishining toʻgʻri yoʻnalishdagi harakati Zarafshon koʻchasidan Samarbonu, THAY koʻchalari orqali va keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda bir tomonlama tashkil etilib, qaytish yoʻnalishdagi harakati oʻzgarishsiz qoldiriladi;

    33-sonli “Karvon bozori bekati – Saodat savdo markazi bekati” avtobus yoʻnalishining ish tartibi soat 5:30 dan 21:00 gacha etib belgilanadi;

    30-sonli “Olmos mahallasi – Toshkent MUM ASʼHB” avtobus yoʻnalishining harakati Ohangaron shossesidan Beshariq, Aviasozlar, Hosiyat, Zumrad, Shohimardon, Ohangaron shossesi orqali oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda ikki taraflama tashkil etiladi;

    15-sonli “Qoʻyliq 1-mavzesi – Doʻstlik metrosi ASʼHB” avtobus yoʻnalishining harakati Fargʻona yoʻli koʻchasidan Munis koʻchasi hamda “Qoʻyliq 1-mavzesi” bekati orqali THAY boʻylab “Qoʻyliq dehqon bozori”gacha, qaytish yoʻnalishida “Qoʻyliq dehqon bozori” bekatidan THAY, Fargʻona yoʻli koʻchalari orqali va oʻz yoʻnalishini davom yettirgan holda tashkil yetilib, yoʻnalish nomi 15-sonli “Qoʻyliq dehqon bozori - Doʻstlik metrosi ASʼHB” avtobus yoʻnalishi etib belgilanadi.

    Bu haqda Toshshahartransxizmat Matbuot xizmati maʼlum qildi.