Unga ko'ra, yo'nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo'yicha 2021-yil 1-avgustdan boshlab:
- 63, 105, 59, 32-sonli avtobus yo'nalishlarining harakatiga o'zgartirish kiritiladi.
- 7-sonli yangi avtobus yo'nalishi tashkil etiladi.
- 50, 86, 100, 124, 41-sonli avtobus yo'nalishlari harakati qisqartiriladi.
Jumladan, 32-sonli “Sergeli 6-a dahasi — Gulobod ko'chasi” avtobus yo'nalishining “Erkin mavzesi”ga harakatlanishi qisqartiriladi va ushbu yo'nalishning “Sergeli 6-a mavzesi”dan harakatlanishi “Yangi Choshtepa” mavzesi orqali tashkil etiladi.
41-sonli “Chilonzor 25-dahasi — Yangi Choshtepa mavzesi” avtobus yo'nalishining “Yangi Choshtepa” mavzesidan “Chilonzor buyum bozori”gacha bo'lgan oraliqdagi harakati qisqartiriladi. Endilikda, 41-sonli yo'nalish “Chilonzor 25-dahasi — Chilonzor buyum bozori” oralig'ida 5 ta jadval asosida harakatlanadi. Ma'lumot uchun, “Yangi Choshtepa” mavzesi aholisi uchun yo'lovchi transporti xizmatlaridan foydalanishdagi uzilishlarni oldini olish maqsadida 1-avgust kunidan ushbu mavzega 32 va 86-sonli avtobus yo'nalishlari harakati yo'lga qo'yiladi.
59-sonli “Sergeli 12-dahasi — Karvon bozori” avtobus yo'nalishining so'nggi bekati “Sergeli 12-dahasi” bekatidan “Do'stlik 2-mavzesi” avtoshohbekatiga o'zgartiriladi. Endilikda, 59-sonli yo'nalish “Do'stlik 2-mavzesi — Karvon bozori” oralig'ida harakatlanadi.