Toshkent shahridagi bepul PZR test tahlili oʻtkazadigan laboratoriyalar boʻyicha maʼlumot berildi

    Salomatlik 18 Yanvar 2022 1140

    Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati kuni kecha Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus COVID poliklinikalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgani, ularda koronavirusga qarshi PZR test sinamalari har kuni 24 soat davomida topshirish mumkinligi, shuningdek, poliklinikalar manzillari haqida maʼlumot bergan edi.

    Bundan tashqari, yurtdoshlarimiz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining har bir tuman va shahar boʻlimlarida ham shunday imkoniyatdan foydalanishlari mumkinligini maʼlum qildi.

    Quyida ushbu xizmatning poytaxtimizdagi 12 ta PZR tahlili oʻtkazish laboratoriyasi manzillari haqida maʼlumot berdi.

    Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyasi
    Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, 341-uy.

    Uchtepa tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Uchtepa tumani, Chilonzor 21.

    Sergeli tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Sergeli tumani, Sergeli 3-14.

    Chilonzor tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Chilonzor tumani, Lutfiy-4-14.

    Yunusobod tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Yunusobod tumani, Yunusobod 8-34.

    Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Mirzo Ulugʻbek tumani, Qarmoq koʻchasi, 1 A-uy.

    Bektemir tumani boʻlimi laboratoriyasi
    H.Boyqaro koʻchasi, 48-uy.

    Mirobod tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Sarakoʻl koʻchasi, 76-uy.

    Shayxontohur tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Xadra massivi, 17 A-uy.

    Yashnobod tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Maxtumquli koʻchasi, 1-berk, 6-uy.

    Yakkasaroy tumani boʻlimi laboratoriyasi
    Bobur koʻchasi, 2-berk A 22-uy.

    Yangihayot tumani aholisi Sergeli tumani boʻlimi laboratoriyasiga murojaat etadi
    Sergeli tumani, Sergeli 3-14.

    Eslatib oʻtamiz, ushbu laboratoriyalarda PZR test tahlillari har kuni 24 soat davomida bepul oʻtkaziladi.