Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etiladi

    Ta'lim 8 May 2020 1990

    Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to'g'risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda huquqiy axborot kanali ma'lum qildi.

    - Qaror bilan O'zbekistan Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda “British management university” mas'uliyati cheklangan jamiyatining nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti tashkil etildi.

    - Universitetda “Loyihalarni boshqarish”, “Logistika va etkazib berish zanjirlarini boshqarish”, “Tadbirkorlik va innovatsiyalar”, “Xalqaro elektron tijorat” hamda “Raqamli iqtisodiyot” bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha talabalar qabuli amalga oshiriladi.

    - Universitetda ta'lim faoliyati 2020/2021 o'quv yilidan boshlanadi.

    - Har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o'zlashtirish ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul 20 nafardan kam bo'lmagan abiturentlarni grant asosida o'qishga qabul qiladi.