Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirish imtihonlari ilk bor onlayn rejimida o'tkaziladi

    Ta'lim 12 Iyun 2020 15813

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahridagi Inha universitetiga 2020-2021 o'quv yilida kirish imtihonlari COVID-19 pandemiyasi tufayli ilk marotaba onlayn rejimda o'tkaziladi.

    Koreyalik hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan yangi qoidalarga asosan abiturientlar Kompyuter va dasturlash injiring va Logistika fakul`tetlariga kirish imtihonlari onlayn-rejimida “ZOOM” dasturi orqali 23-iyun` kuni topshiradi.

    SHu yili imtihonlardan o'tish uchun internet, kompyuter va smartfon kerak bo'ladi. Abiturientlar bir vaqtda “ZOOM”ga telefon yordamida kirishi, komp`yuterga esa imtihon topshirig'ini yuklashi kerak.

    Bu yil matematika fani bo'yicha 6 ta savol beriladi va ularni yozuv shaklda 30 daqiqa ichida echish kerak. Vaqt tugashi bilan abiturient javoblar varag'ini kuzatuvchiga “ZOOM” orqali ko'rsatish va keyin uni rasmga olib tekshiruv komissiyaga jo'natish zarur.

    Tekshirish jarayonida “ZOOM” orqali ko'rsatilgan va elektron pochta orqali jo'natilgan nusxalar solishtiriladi. YOzma imtihondan so'ng abiturientlar ingliz tilida onlayn-suhbat topshiradi.

    Takidlash kerakki, imtihon jarayonlarini “ZOOM” orqali Janubiy Koreya Inha universiteti vakillari kuzatib boradi. Yа'ni Toshkent universitetidan hech kim ishtirok etmaydi.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, imtihonda Koreya universitetining 32 nafar vakili ishtirok etadi. Har bir kuzatuvchiga 15 nafar abiturient. Birinchi imtihonga jami 482 nafar abiturient ro'yxatdan o'tgan.

    Onlayn-imtihon ilk tajriba bo'lgan uchun qator omillar e'tiborga olingan. Masalan, internet bilan ulanishda yoki texnik nosozlik tufayli muammolar paydo bo'lsa, abiturient “ZOOM”ga yana bir bor ulanishi va imtihonni keyingi — 24 iyun` kuni topshirishiga imkon beriladi.

    YAna bir muhim shart: abiturient imtihon topshiriqlarini bajarayotgan paytda xonada undan boshqa hech kim bo'lmasligi zarur. Bundan tashqari, boshqa taraflarga tepaga, pastga qarash man etiladi. Ushbu talablarni bajarmagan abiturient imtihondan chetlatiladi.

    Konsultatsiya shu yilning 22-iyun kuni bo'lib o'tadi.