Abituriyentlar imtihonlarni ikki yo‘nalish — “Logistika” (SOL) va “Kompyuter injiniring” (SOCIE) bo‘yicha topshirishdi.
Imtihonlar ZOOM dasturi yordamida o‘tkazildi.
Abituriyentlarnin barchasi bir vaqtda onlayn-imtihonga kirdi va ularga topshiriqlar berildi. Matematika fani bo‘yicha 6 ta savolni 30 daqiqa ichida yechish topshirig‘i berildi.
Vaqt tugashi bilan abituriyentlar javob varaqalarini kuzatuvchilarga ZOOM orqali ko‘rsatdi va javob varaqani rasmga olib, tekshiruv komissiyaga jo‘natdi.
Javoblarning ikkita variantlari keyinchalik solishtirilib tekshiriladi.
Imtihonga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning 86 foizi ishtirok etdi.