Toshkent shahridagi Istiqbol koʻchasida asfalt oʻpirilib tushdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Istiqbol koʻchasida asfalt oʻpirilib tushgani haqida maʼlumot tarqaldi.

    Mirobod tumani hokimligi bildirishicha, ayni vaqtda hokimlikning mutasaddi rahbarlari voqea joyiga yetib borgan.

    Qayd etilishicha, chuqur atrofi oʻrab olingan. Muammoni bartaraf etish choralari koʻrilayotganligi maʼlum qilindi.