Toshkent shahridagi sektorlar rahbari Sergeli yoshlari uchun qabul oʻtkazdi

    Mamlakatimizda 29 May 2023 1504

    Sergeli markaziy xiyobonida tuman yoshlari uchun sayyor qabul tashkil etildi. Toshkent shahridagi va tuman sektorlari rahbarlari, shuningdek, qator tashkilot va idoralar mutasaddilari tomonidan 100 dan ortiq yigit-qizlarning turli yoʻnalishlardagi murojaatlari koʻrib chiqildi.

    Qabulda yoshlar qoʻshimcha kasb-hunarga oʻqish, shartnoma pulini toʻlash, tadbirkorlikni boshlash va kredit olishda yordam olish, salomatligini tiklash va dori-darmonlarda koʻmak, ishga joylashish, uy-joyini taʼmirlab berish va kommunal sohadagi muammolarini hal etish kabi qator masalalarda murojaat qildi.

    Tadbir davomida yoshlar soʻroviga koʻra, tor mutaxassislar ishtirokida tibbiy koʻrik ham tashkil etildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.