"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmatining xabar berishicha, Chilonzor tumanining Tirsakobod 4-tor ko‘chasida joylashgan gaz quvurini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli 12 oktabr kuni soat 10:00 dan soat 18:00 ga qadar Chilonzor tumanining Gavhar ko‘chasidagi xonadonlarda, 4 ta ulgurji tashkilotda hamda Yakkasaroy tumanining Gavhar ko‘chasidagi 1 ta ulgurji tashkilotda gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shuningdek, 4 ta har xil turdagi kichik ishlab chiqarish korxonasi va 1 ta "O‘zgarish gaz trans" avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi vaqtincha taʼminotsiz qoladi.