баннер
21 Apr 2025
19:41

    Toshkent shahrining barcha tuman yoʻllarini taʼmirlash uchun 12 mlrd soʻm ajratiladi

    Har bir tumanga 1 mlrd soʻmdan ajratiladi.

    Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov poytaxtning barcha tumanlaridagi yoʻllarni taʼmirlash uchun Shaharni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan 12 mlrd soʻm ajratish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.

    Shunday qilib, koʻrsatilgan maqsadlar uchun har bir tumanga 1 mlrd soʻmdan ajratiladi. Ajratilgan mablagʻlar tuman obodonlashtirish boʻlimlari boshqaruviga oʻtkaziladi.

    Avvalroq, 2025-yilda joriy va kapital taʼmirlash talab qilinadigan koʻchalar roʻyxatini oʻz ichiga olgan manzilli taʼmirlash dasturi ishlab chiqilgani maʼlum qilingandi. Dastur doirasida umumiy maydoni 65 000 m² dan ortiq boʻlgan yoʻllarni taʼmirlash rejalashtirilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech