Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli - Bobur koʻchalari chorrahasidan Bobur koʻchasi boʻylab Bobur-Seul, Bobur - Furqat koʻchalari chorrahasigacha boʻlgan oraliqda yoʻl qurilish va taʼmirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan, 15-may kuni soat 22:00 dan boshlab taʼmirlash ishlari tugatilgunga qadar transport vositalari qatnovi qisman bir tomonlama vaqtincha cheklandi.
Haydovchilardan yondosh koʻchalardan harakatlanish soʻralgan.