Tadbir Oʻzbekistonning SHHTga raisligi davrida davlatimiz rahbari tomonidan begilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida rejalashtirilgan 80 ortiq tadbirlar doirasida oʻtkaziladi.
Forumda SHHT mamlakatlari parlamentlari, xalqaro tashkilotlar, NNT, shuningdek, ilmiy-tahlil markazlarining 120 dan ortiq vakili qatnashishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva, Umumxitoy xalq vakillari yigʻini Doimiy qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Xitoy Shanxay Hamkorlik Tashkiloti yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va hamkorlik qoʻmitasi raisi Shen Yueyue va Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov forum ishtirokchilarini qutlashi kutilmoqda.
Tadbir davomida “Xalqaro hamkorlikda xalq diplomatiyasining oʻrni” va “Xalq diplomatiyasi – zamonaviy davlatlararo aloqaning muhim qirrasi: SHHTga aʼzo davlatlar tajribasi” mavzularida ikki yalpi majlis oʻtkaziladi. Unda ishtirokchilar SHHT oilasi mamlakatlari oʻrtasidagi koʻp qirrali aloqalarni mustahkamlash maqsadida xalq diplomatiyasi vositalaridan samarali foydalanish yoʻllarini muhokama qiladilar.
Forum yakunlari boʻyicha SHHT Xalq diplomatiyasining Toshkent kommyunikesi qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.