Soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut qoshida faoliyat olib borayotgan Toshkent soliq texnikumi oʻzining 25 yillik yubileyini keng nishonladi. Sana munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida Soliq qoʻmitasi rahbariyati, Fiskal institut professor-oʻqituvchilari, texnikumning sobiq rahbarlari, faxriy ustozlar hamda bitiruvchilar ishtirok etdi.
Dastlab texnikum muzeyining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mehmonlariga muzey va undagi eksponatlar bilan tanishgach, tadbirning badiiy qismi boshlandi. Uni Soliq qoʻmitasi rais oʻrinbosari M.Mahkamov ochib berar ekan, yubiley bayram uchun tayyorgarlik koʻrgan texnikum jamoasiga oʻz minnatdorligini bildirib, kelgusi faoliyatlarida omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tiladi.
Shundan soʻng texnikum tarixidan hikoya qiluvchi “Qadrdon maskan” hujjatli film namoyishi hamda shu nomdagi yangi kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Kitob ushbu taʼlim dargohining 25 yillik faoliyati haqida soʻzlaydi.