Shu bilan birga tibbiy taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan uning meʼyoriy-huquqiy asoslari bir qator hujjatlarda belgilab berildi va shular asosida muhim yoʻnalish va natijalari ijrosi taʼminlanib kelinyapti.

Tibbiy taʼlim jarayonini faollashtirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasida “Tibbiyot mohirlari” I Xalqaro olimpiada oʻtkazilyapti. Ushbu olimpiadaning oʻziga xos tomonlaridan biri talabalarning nafaqat nazariy bilimlari, balki shifokorlik faoliyatida muhim boʻlgan amaliy koʻnikmalarni egallash darajalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Olimpiadada Oʻzbekiston Respublikasining 11 ta tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan bir qatorda MDH davlatlari tibbiyot oliygohlari talabalar jamoalari bellashyapti.

Olimpiada quyidagi yoʻnalishlarda oʻtkaziladi:

1.Tibbiy biologik fanlar

2. Terapiya (ichki kasalliklar va nevrologiya)

3. Reproduktiv salomatlik (akusherlik va ginekologiya, pediatriya)

4.Xirurgiya (anesteziologiya i reanimatsiya, xirurgiya; oftalmologiya, otorinolaringologiya)

Toshkent tibbiyot akademiyasida rivojlangan davlatlarning tajribasiga tayangan holda tibbiy taʼlimni rivojlantirishda innovatsion yondashuv asosida simulyatsion taʼlim tizimini joriy etish aholiga yuqori malakali xizmat koʻrsatishda mustahkam amaliy koʻnikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga zamin yaratiladi.

Olimpiada jarayoni zamonaviy taʼlim tizimi talablariga koʻra innovatsion yondashuv asosida simulyatsion texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Bunda jamoalar simulyator robotlar, fantom va manekenlarda yoʻnalishlar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni namoyish etadi.

Hayʼat aʼzolari tarkibi asosan tashqi ekspertlar yaʼni sogʻliqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali mutaxassislar, BJSST va YUNESKO tashkilotlaridan jalb etilgan mutaxassislardan iborat.