Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy-pedagogik jamoasi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini qutladi

    Bugungi bayram barchangizna muborak boʻlsin.

    Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy-pedagogik jamoasi nomidan mamlakatimizdagi barcha OAV xodimlarini, matbaa va nashriyot, televideniye, radio sohasining jonkuyar ijodkorlarini 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

    Matbuot xodimlarining tinim bilmas qaynoq faoliyati barcha sohada boʻlgani singari oliy taʼlim tizimi ayniqsa tibbiy taʼlimdagi islohotlar rivojida yaqqol namoyon boʻlmoqda. Muhtaram Prezidentimiz farmoni bilan tashkil etilgan matbuot xizmati tizimi mana bir necha yildirki Toshkent tibbiyot akademiyasi faoliyatida ham oʻz oʻrni va mavqeini namoyon etmoqda. Siz aziz ijodkorlar bilan hamkorligimiz bois, tibbiy taʼlimdagi muhim yangiliklar, professor- oʻqituvchilarimizning ilmiy salohiyati ayniqsa talabalarimiz erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar tezkorlik va xolislik, oshkorolik tamoillari bilan OAVda yoritib kelinmoqda.

    Ijod va tafakkurning taʼsirchan muhitida shakllanib, xalqimiz manfaati va kelajagini koʻzlab amalga oshirayotgan shiddatli jarayonni yoritishda aslo tolmang.

    Bugungi bayram barchangizna muborak boʻlsin.

    Zimmangizda zalfori ogʻir, masʼuliyat yuki turibdi. Bu esa shu ulugʻ yurt koriga kamarbasta boʻlayotgan oddiy mehnat kishilaridan tortib oʻz ilmu tafakkuri bilan insoniyatga, jamiyat ravnaqiga xizmat qilayotgan har bir yurtdoshimiz taqdiri bilan chambarchas bogʻliq. Shu maʼnoda Siz muhtaram OAV xodimlari bilan yoʻlimiz bir, maqsad va intilishlarimiz mushtarak. Bugungi bayram barchangizg muborak boʻlsin. Oilangizdan farovonlik, dasturxoningizdan toʻkin-sochinlik arimasin. Vatanimiz ravnaqi yoʻlidagi mehnatlaringiz hamisha qadr topsin.Farzandlar kamolini koʻrishdek ezgu niyatlaringiz ijobatini bersin.

    Hurmat bilan: Shuhrat Boymurodov. Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori.