“Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi” nashriyotida professor Doʻstmurod Norqulov hamda oʻqituvchi Dildora Qoraboyeva hammuallifligida, professor Oʻrol Abilov masʼul muharrirligida tayyorlangan “Tarixiy-madaniy meros va milliy oʻzlikni anglash” nomli monografiya nashr etildi.

Monografiyada tarixiy-madaniy meros fenomenining ilmiy va ijtimoiy falsafiy asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, tarixiy-madaniy meros fenomenining milliy oʻzlikni anglash jarayonlariga taʼsiri, tarixiy tafakkur va tarixiy bilimlarning oʻzlikni anglashdagi oʻrni, globallashuv va tarixiy-madaniy merosni asrash masalalari, Oʻzbekistonda madaniyatni rivojlantirish va tarixiy-madaniy merosdan foydalanish konsepsiyasi kabi masalalar ham tadqiq etilgan boʻlib, bu borada chiqarilgan ilmiy xulosalar, nazariy asoslanmalar ijtimoiy-falsafiy bilimlarni toʻldirishga xizmat qiladi, deb yozmoqda Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati.