Unda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov so'zga chiqib, mazkur qarorlar asosida akademiyada amalga oshiriladigan vazifalar xususida so'z yuritdi.
Mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida o'tkazilgan konferentsiyada oliy tibbiy ta'limning rivojlanish tendensiyasida raqamlashtirish, kredit-modul tizimi hamda simulyatsion o'qitishning dolzarb masalalari ham ko'rib chiqildi.
Xalqaro konferensiyada ta'kidlanganidek, endilikda tibbiyot yo'nalishlarining zamonaviy formatlari amaliyotga joriy etiladi. O'qishni ko'chirish masalasi yangi tartib bilan akademiya zimmasiga o'tadi. Boshqaruv o'zgarayotgan ekan, kuzatuv kengashi faoliyatiga ham yangiliklar kiritiladi. Yozgacha akademiyaning yangi binosida yangi zamonaviy ARM tashkil etiladi. Raqamlashtirish orqali shaffoflikka erishishning qulay imkoniyati yaratiladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati