Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro kurs ish boshladi

    Ta'lim 12 Oktabr 2020 795

    Toshkent tibbiyot akademiyasida pandemiya sharoitida tibbiy taʼlimni tashkil etish boʻyicha xalqaro kurs boshlandi.

    Toshkent tibbiyot akademiyasida Vilnyus universiteti va Yevropa tibbiyot maktablari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Germaniyaning Xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) koʻmagida yangi “Kredit-modul tizimi boʻyicha oʻquv jarayonini boshqarish” zamonaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi.

    Oʻquv jarayoni Yevropaning yetakchi universitetlari amaliyoti asosida taqdim etildi.

    Eslatib oʻtamiz, 2020-yil fevral oyida Toshkent tibbiyot akademiyasi mamlakatdagi tibbiyot oliy oʻquv yurtlari orasida birinchi boʻlib Yevropa tibbiyot maktablari Assotsiatsiyasining haqiqiy aʼzosi sifatida qabul qilingandi.

    Shu yil TTAda GIZ loyihasi doirasida katta ishlar amalga oshirilgan boʻlib, ulardan zamonaviy tibbiy texnologiyalar uchun robotlashtirilgan simulyatorlar hamda zamonaviy simulyatsiya uskunalari bilan jihozlangan innovatsion markaz (qiymati yarim million yevrodan ortiq) tashkil etildi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.