AAHCI prezidenti yig'ilish qatnashchilarini o'z uyushmasi faoliyati, shuningdek, tibbiyot universitetlari bilan birgalikda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.
Uning so'zlariga ko'ra, AAHCIning asosiy vazifasi ilg'or tajriba almashish orqali tibbiyot universitetlarida ta'lim sifatini oshirish maqsadida AQSH va xorijiy davlatlarning etakchi tibbiyot o'quv yurtlari o'rtasida amaliy aloqalarni o'rnatishdir.
U O'zbekiston tomonining ichki tibbiy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish istagini qo'llab-quvvatladi va birlashma AQSHning etakchi tibbiyot universitetlari bilan TMA hamkorligini yanada rivojlantirishga yordam berishga tayyorligini ta'kidladi. Bundan tashqari, Stiven Kanter Amerika tomoni AAHCI a'zoligi uchun TMA arizasini ijobiy ko'rib chiqmoqchi ekanligini bildirdi.
TIUV rektori Habibulla Oqilov onlayn uchrashuv ishtirokchilarini O'zbekistonda koronavirus pandemiyasi rivojlanishining hozirgi holati, shuningdek, amalga oshirilayotgan tezkor karantin tadbirlarining roli va ahamiyati bilan tanishtirdi. Mamlakatimizda koronavirus qayd etilgan dastlabki kunlardanoq hukumatimiz tomonidan ko'rilgan samarali choralar tufayli respublika virusning keng tarqalishiga qarshi tura olganligi ta'kidlandi.
TMA rektori O'zbekistonda sog'liqni saqlash sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimi to'g'risida taqdimot qildi. U hukumatimiz tomonidan sohani isloh qilish va takomillashtirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga e'tibor qaratdi.
1969 yilda tashkil etilgan AAHCI tibbiyot sohasidagi etakchi ilmiy markazlarni birlashtiradi. Ushbu tashkilotga AQSHning 86 ta universiteti, jumladan, Stenford, Kaliforniya, Pensilvaniya va 56 ta xorijiy o'quv muassasalari kiradi.
Uyushmaning asosiy vazifasi uning a'zolariga sog'liqni saqlash tizimining o'zgarishi, moslashishi va gullab-yashnashi jarayonida zamonaviy boshqaruv usullarini amalga oshirish va barqaror rivojlanish siyosatini ishlab chiqishda yordam beradi. SHuningdek, yutuqlarni faol targ'ib qilish, uchrashuvlar va nashrlarni tashkil etish hamda tadqiqiotlar va tahlillarni ro'yobga chiqarishda ko'maklashadi.








