Bojxona organlari tomonidan yuk hujjatlarida koʻrsatilmagan, shuningdek tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodlarini notoʻgʻri tasniflagan holda tovar-moddiy boyliklarni olib kirishga qarshi muntazam chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Bu borada Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Toshkent-tovar» TIF bojxona posti xodimlari tomonidan bir qator huquqbuzarlik tovarlari fosh etildi.
Jumladan, xorijdan bojxona postiga keltirilgan “tomchilab sugʻorishda foydalaniladigan shlang” tovarlari koʻzdan kechirilganda, yuk egalari mazkur tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodlarini notoʻgʻri tasniflaganligi aniqlandi.
Natijada, qiymati 214 mln. soʻmlik 1350 metr “ shlang «tovarlari vaqtinchalik saqlovga olindi.
Navbatdagi holatda esa, xorijdan keltirilgan 65 turdagi tovalar bojxona koʻrigidan oʻtkazilganda, 50 mln. soʻmlik 2 turdagi 1410 dona hisoblagichlar hamda plitka ushlagichlar bojxona yuk deklaratsiyasi va yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmaganligi aniqlandi.