Muzokaralar chogʻida Toshkent va Singapur oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni ochish istiqbollari muhokama qilindi. “Singapur Changi Airport” vakillari ushbu yoʻnalishni yoʻlga qoʻyishga katta qiziqish bildirgan holda, Singapur sayyohlik kompaniyalarining Oʻzbekistonga, jozibador sayyohlik yoʻnalishi sifatida, qiziqishi ortib borayotganini taʼkidladilar.
Toshkent aeroportining asosiy tranzit markazi sifatidagi roliga alohida eʼtibor qaratildi. “Changi” aeroporti vakillari Toshkentning Yevropa shaharlari bilan keng yoʻnalishlar tarmogʻi Oʻzbekiston poytaxtini Yevropa va Osiyo oʻrtasidagi yoʻlovchilar oqimi uchun strategik muhim nuqtaga aylantirishini taʼkidladilar.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar kelgusidagi hamkorlikka tayyor ekanliklarini tasdiqladilar va logistika, marketing qoʻllab-quvvatlash va toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan tartib-qoidalarni aniqlashtirish bilan bogʻliq masalalarni ishlab chiqish boʻyicha keyingi qadamlarni belgilab oldi.









