Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir necha shaxslar qoʻlga olingan.

Jumladan, Yakkasaroy tumanida fuqaro R.R. boshqa bir shaxsga “viza” hujjatlarini tayyorlab berib, uni “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, 1 650 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Uchtepa tumanida oʻtkazilgan tadbirda esa fuqaro A.R. xuddi shunday yoʻl bilan 1 500 AQSH dollarini olgan paytda qoʻlga tushgan.

Sergeli tumanida fuqaro M.M. va boshqalar fuqaro ishonchiga kirib, uni Saudiya Arabistoniga “Umra” ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, 1 250 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Guliston tumanida muqaddam sudlangan fuqaro D.B. 1 000 AQSH dollari evaziga “Umra”ga yuborishni vaʼda qilib, 900 AQSH dollari hamda 1,2 million soʻmni olgan vaqtida qoʻlga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.