Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi “Madaniyat” hamda “Farobiy” MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 417,1 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
Shuningdek, Departamentning Sherobod tumani boʻlimi va ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.O. fuqaro U.B.ga tegishli “Qorabogʻ” MFY hududidagi sexga oʻrnatilgan elektr hisoblagichga shikast yetkazib, 186,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.