Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Madaniy meros obyektlarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etiladi.

Anʼanaviy forum respublika boʻylab yekskursiya faoliyati sohasidagi mutaxassislarni birlashtiradi va fikr almashish, bahsli masalalarni hal qilish hamda yangi ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatish uchun ajoyib maydon boʻlib xizmat qiladi.

Yillik forumning asosiy mavzusi “Yekskursiya faoliyati: hamkorlik va innovatsiyalar” deb nomlanadi.

“Oʻzbekiston gidlari forumi – 2023” hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish uchun oʻziga xos turtki boʻlib, ekskursiyalar hamjamiyatiga innovatsion texnologiyalar va yangi taʼlim loyihalarini taqdim etadi.