Mazkur markaziy ko'chalarda yil yakuniga qadar, 1 159 ta savdo, ko'ngilochar, gastronomik, turizm va san'at yo'nalishlariga ixtisoslashgan xizmat ko'rsatish ob'yektlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda ana shunday 223 ta xizmat ko'rsatish ob'yektlari faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, 554 ta yangi ish o'rni yaratilgan. Shuningdek, savdo va xizmat ko'rsatish ob'yektlarining 24 soat mobaynida faoliyat yuritishiga doir jamoat xavfsizligi bilan bog'liq talablar o'rnatiladi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.