Bugun Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov boshchiligidagi viloyat sektor rahbarlaridan iborat guruh Prezidentimiz tashabbusi bilan tasvirga olingan “Ilhaq”badiiy fil`mi qahramoni Zulfiya aya Zokirova istiqomat qilgan uyga tashrif buyurdi.
Mehmonlarni ayaning evarasi Farhod Muhammadjonov qarshi oldi. Uning avlodlari bilan dildan suhbatda viloyat hokimi “Ilhaq” badiiy fil`mi Zulfiya ona timsolida urush davridagi minglab onalarning achchiq qismatini ochib berganini alohida e'tirof etdi.
Mahalla va jamoatchildikning taklifiga asoslanib, viloyat hokimi Zulfiya Zokirova yashagan bu ko'cha uning nomi bilan qayta nomlanishini bildirdi. Aya xonadoni esa kelgusida uy-muzeyga aylantirilishi yuzasidan zarur ko'rsatmalar berildi. SHuningdek, viloyat hokimligi buyurtmasi bilan Zulfiya Zokirovaning hayot yo'li, oilasi, avlodlari haqida kitob chop etilishi ma'lum qilindi.